Bayramga munosib tuhfa

1996-yil 18-oktyabr kuni sohibqiron Amir Temur bobomizning 660-yillik yubileyida Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan. Shu sana Samarqand shahar kuni sifatida belgilangan va har yili keng nishonlanib kelinmoqda.
Samarqandliklar ushbu bayramni jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi munosib yutuqlar hamda yangiliklar bilan kutib olishga odatlanishgan.
Joriy yilgi bayram ham quvonarli voqealarga boy boʻldi. Qator ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar, savdo va xizmat koʻrsatish majmualari hamda yangi turarjoy maskanlari foydalanishga topshirildi.
Samarqand shahridagi Mingtut mahallasidagi 1 gektar maydonda barpo qilingan koʻp qavatli uy-joylar shular jumlasidandir. 264 ta xonadondan iborat 7 qavatli turarjoylarning loyiha qiymati 10 million dollar boʻlib, “SXF GREAT CITY BULDING” MCHJ tomonidan bunyod etilgan. Hududda avtoturargohlar, sport maydonchalari va bolalar oʻyingohi ham mavjud.
Shahar kuni munosabati bilan 2-son sport maktabining taekvondo (WT) sport zali ham foydalanishga topshirildi.
— Yengil konstruksiyali sport zalining oʻlchami 24x12 metr boʻlib, “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida yutib olingan 1 milliard 197 million soʻm mablagʻ evaziga qurildi, — deydi muassasa direktori Bekzod Poʻlatov. — Mazkur sport zali 120 oʻringa moʻljallangan, bu maskanda sportchi yoshlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Mustaqillik mahallasi hududida 3 qavatli, 80 oʻringa moʻljallangan yangi mehmonxona ishga tushirilishi natijasida 40 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Samarqand shahridagi Tinchlik mahallasi, Gagarin koʻchasida esa “FESTIVAL MALL” yirik savdo markazi ochildi. Toʻrt qavatli mazkur savdo kompleksining loyiha qiymati 30 million dollar boʻlib, uning ish boshlashi bilan 270 kishining bandligi taʼminlandi. Bu shaharda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish va aholini ish bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring