Bayram tuhfasi: mahallalar endi yangi binoda
Istiqlolning 34-yillik bayrami arafasida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi Mehnatobod, Olmazor, Fayziobod va Mohiyat mahallalarining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Tuman hokimligi masʼullari, mutasaddilar, oqsoqollar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mahallalarning yangi idorasi ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimizda mahalla tizimiga alohida eʼtibor qaratilayotgani, mahalla fuqarolar yigʻinlari uchun moslashtirilgan yangi binolar barpo etilib, samarali faoliyat olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani taʼkidlandi.

— Yangi binoda faoliyat boshlab, aholi muammolarini hal etish, jinoyatchilikni kamaytirish va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishda yanada samarali ishlaymiz, — deydi Olmazor mahalla fuqarolar yigʻini raisi Ulugʻbek Mamatmoʻminov. — Mustaqillik bayrami oldidan bu bino xalqqa xizmat qilish uchun berilgan katta imkoniyat boʻldi. Endi bizda barcha sharoit bor, asosiy maqsadimiz odamlar hayotini yanada yaxshilashdir.
Tuman hokimligi koʻmagi bilan mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan yangi binolarda nafaqat mahalla raisi, kotibi va xotin-qizlar faoli uchun, balki mahalla yettiligi tarkibidagi har bir soha vakiliga alohida xonalar ajratilgan. Har bir xona zarur mebellar bilan jihozlangan. Masʼullar kompyuter jamlanmasi bilan taʼminlangan.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring