Bayram shukuhi toʻkinchilik bilan fayzli
Mamlakatimizning barcha joylarida boʻlgani kabi Namangan viloyatida ham eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz nafasi sezila boshladi. Hududlarda tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda buyuk istiqlolimiz tufayli yurtda hukm surayotgan barqaror tinchlik, totuvlik, qadr-qimmat, mehr-oqibat tuygʻularini odamlar yanada chuqurroq his etmoqdalar.
Bayram shukuhi kezib yurgan shu kunlarda viloyat markazi va tumanlarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari ochilgan boʻlib, ular dasturxonlarimizga eng sara mahsulotlarni tortiq etyapti. Kecha Namangan shahrining Usmon Nosir koʻchasida aholiga xizmat koʻrsatishga kirishgan shunday yarmarka peshtaxtalari viloyatning 11 ta tumanidagi fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda “Chorsu”, “Sardoba” bozorlaridan keltirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan boyitildi.

— Birinchi kunning oʻzidayoq 1800 kilogramm mol va qoʻy hamda 500 kilogrammdan ortiq tovuq goʻshti sotilgan boʻlsa, savdo qatorlaridan 5000 tonna kartoshka, 10 ming tonnaga yaqin sabzi-piyoz, yana shuncha poliz, 6 ming tonnadan ziyod guruch hamda dukkakli mahsulotlar joy oldi,— deydi viloyat hokimining oʻrinbosari Anvarjon Hakimov. — Ular xaridorlarga bozordagidan ancha arzon narxlarda taqdim etilmoqda.
Aytish kerakki, bayram munosabati bilan shu yilning 5-sentyabriga qadar davom etadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkalari har kuni aholi dasturxonini fayzli qilish uchun zarur boʻlgan yangi uzilgan va sifatli poliz va sabzavot mahsulotlari bilan toʻldirib boriladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring