Bayram munosabati bilan Toshkent viloyatidagi ayrim koʻchalarda transport harakati cheklanadi

13:29 28 Avgust 2025 Jamiyat
111 0

Toshkent viloyatida bayram munosabati bilan bir nechta koʻchalarda transport vositalar harakati cheklanadi. Bu haqida Toshkent viloyati IIBB YHXB xabar berdi.

Unda aytilishicha, 28-avgust kuni soat 16:00dan 23:30ga qadar quyidagi koʻchalarda transport vositalar harakati cheklanadi:

  • Piskent tumani “Lolaariq” mfy hududida joylashgan “Piskent tumani markaziy oʻyingohi”ga tutash koʻchalar;
  • Yuqorichirchiq tumanining BOʻSM oʻyingohiga olib boruvchi koʻchalar
  • Bekobod shahrining Gʻ.Gʻulom va Istiqlol koʻchalarida

Shuningdek, 29-avgust kuni soat 16:00dan 23:30ga qadar:

  • Zangiota tumanida joylashgan Madaniyat va istirohat bogʻi atrofidagi “Mustaqillik”, “Oybek” va ushbu koʻchalarga tutashgan tor koʻchalar;
  • Oqqoʻrgʻon tumanning “Birlik” mahalla fuqarolar yigʻini “Oybek” koʻchasida .
  • Chirchiq shahrining «Kimyogarlar madaniyat saroyiga tutash boʻlgan koʻchalarda transport vositalar harakati cheklanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер