Bayram munosabati bilan poytaxtdagi jamoat transportlari harakatiga oʻzgartirishlar kiritiladi

11:23 30 Dekabr 2025 Jamiyat
199 0

Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent metropoliteni hamda shahar avtobus yoʻnalishlari harakati rejimiga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritiladi. Bu haqida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.

Jumladan, metro harakati:

  • Bayram kechasida fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida metro poyezdlari 31-dekabr kuni soat 05:00 dan 1-yanvar kuni soat 01:00 ga qadar uzluksiz ravishda xizmat koʻrsatadi;
  • 2025-yil 31-dekabr va 2026-yil 2-yanvar kunlari — metro poyezdlari shanba kuni jadvali asosida harakatlanadi;
  • 2026-yil 1-yanvar kuni — metro poyezdlari yakshanba kuni jadvali boʻyicha qatnaydi;
  • 5-yanvar (dushanba) — ish kuni boʻlib, metro harakati odatiy ish kuni jadvali asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, avtobus yoʻnalishlari harakati:

  • Yangi yil bayrami munosabati bilan 2025-yil 31-dekabr kuni shahar avtobus yoʻnalishlarida qatnovlar soat 01:00 ga qadar amalga oshiriladi;
  • 2026-yil 1-dekabrdan 2026-yil 4-yanvar kuniga qadar shahar avtobus yoʻnalishlarida qatnovlar yakshanba kuni uchun belgilangan ish tartibi asosida tashkil etiladi.

“Jamoat transportidan foydalanishda mazkur oʻzgarishlarni inobatga olishingizni soʻraymiz”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?