Bayram munosabati bilan kimlar “Mardlik”, “Doʻstlik” ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun”, “Sogʻlom turmush” va “Shuhrat” medallari sohiblari boʻlishdi?

19:47 13 Yanvar 2025 Siyosat
264 0

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimiz mudofaa qudratini oshirish, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini yuksaltirish, professional milliy armiyani shakllantirish, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini taʼminlashdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati, sharafli va muqaddas burchini bajarishda mardlik va jasorat koʻrsatgani, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qoʻshgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Mardlik” ordeni bilan

Dedaxonov Musoxon Alyorovich — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi

Ismoilov Baxtiyor Axmadjonovich — Fargʻona viloyati prokurori

Rasulov Farrux Sadulloyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri

Sayipov Bektosh Raximovich — Qashqadaryo viloyati prokurori

Toshqorayev Olim Eshmoʻminovich — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bosh serjanti

Umurzakov Sharof Kuchiyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xizmat boshligʻining oʻrinbosari

Egamberdiyev Muzaffar Eminovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori

Egamyorov Farxodbek Abdumalikovich — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining oʻrinbosari – boʻlim boshligʻi

“Doʻstlik” ordeni bilan

Pirmatov Alisher Ashurmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni boshqarma boshligʻi

“Jasorat” medali bilan

Akramov Abbosjon Axtam oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi

Irgashov Baxtiyor Erkinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi muhim ishlar boʻyicha katta tezkor vakili

Isakov Alisher Raxmatullayevich — Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi guruh qutqaruvchi-yoʻriqchisi

Muxitdinov Islombek Zafarbek oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism otryad komandiri

Suyarqulov Ravshanbek Suyarqul oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvod komandirining oʻrinbosari

Toshmatov Zafarbek Anvarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilya komandirining oʻrinbosari

Utegenov Dauran Aymuratovich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili

Sharipov Javlonbek Hakimjon oʻgʻli — Toshkent shahri Bektemir tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi patrul-post xizmati inspektori

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Abdullayev Nodirjon Abditolib oʻgʻli — Toshkent viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi

Axmedov Bahriddin Hoshimovich — Samarqand harbiy sudining raisi

Bakirov Shokir Kuchkarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad katta haydovchi-qutqaruvchisi

Dadaxonov Xamidullo Vaxobovich — Andijon viloyati Izboskan tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori

Djumabayev Baxrom Kurbanaliyevich — Toshkent viloyati Nurafshon shahar ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori

Jumabayev Sherzod Avazovich — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism seksiya komandiri

Kamalov Abdurasul Anvarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad katta yoʻriqchi-qutqaruvchisi

Minajov Reymbay Oteuliyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi boshligʻining oʻrinbosari

Mirzaalimov Nishanmurod Muxtarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi

Parmanov Abdumalik Pattoyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi

Pozilov Odil Samadovich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari harbiy qism qorovul boshligʻi

Rejepov Bekpolat Mamitovich — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi

Soatov Fazliddin Sunnatillayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi

Sultonov Oybek Sultonboyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi kadrlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

Tilabov Bahodir Samandarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlimi bosh serjant yordamchisi

Oʻsarov Obidjon Komiljon oʻgʻli (marhum) — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi

Xudjaqulov Dilmurot Panjiyevich — Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi

Xoʻjamqulov Abdivaxid Musayevich — Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi boʻlim boshligʻi

Shafiyev Renat Rustamovich — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaz boshligʻi

“Sogʻlom turmush” medali bilan

Karimova Saida Moʻxtar qizi — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism boʻlim katta ofitseri

Xolbekov Xaytbek Oybek oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boshqarmasi boʻlim inspektor-psixologi

“Shuhrat” medali bilan

Artikov Sherzod Baxtiyarovich — Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani prokurorining oʻrinbosari

Jumayev Sharof Norchayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi surishtiruvchisi

Zaripov Maratjon Rizayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh komandiri

Qambarov Botirjon Shermaxammatovich — Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori

Maxkambayev Abdulla Abdisamatovich — Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi texnik taʼmirlash qismi boshligʻi

Poʻlatova Azizaxon Murot qizi — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh katta ofitseri

Saidov Sardor Saydullayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiya komandiri

Sanayev Begzot Yusubovich — Sirdaryo viloyati Shirin shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

Sultanova Jamila Masharipovna — Xorazm viloyati maʼmuriy sudining raisi

Toshpulatov Sulton Eshniyozovich — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash boshqarmasi qoʻriqlash boʻlimi haydovchisi

Usmonov Shuxriddin Xoliqovich — Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qarshi shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimi katta usta-qutqaruvchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер