Bayden Ukraina prezidentini “Putin” deb atadi. Zelenskiy javoban “Men yaxshiroqman” degan
Foto: news.wsj
AQSH prezidenti Jo Bayden oʻz chiqishida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tasodifan “Putin” deb atagan. Xato muhim matbuot anjumanidan bir soat oldin sodir boʻldi.
Bu Ukrainani qoʻllab-quvvatlovchi shartnomani nishonlash tadbirida yuz berdi. “Endi esa men uni jasoratli Ukraina prezidentiga topshirmoqchiman, xonimlar va janoblar, prezident Putin”, degan Bayden.
Bayden qilgan xatosini tushunib, “Siz prezident Putinni yengishingiz mumkin. Men Putinni magʻlub etishga diqqatimni qaratganman. Qanday boʻlmasin, biz bu haqda tashvishlanishimiz kerak”, degan. Zelenskiy esa “Men undan yaxshiroqman”, deb javob berdi, Bayden esa “Sen ancha yaxshisan”, deya uning fikriga qoʻshilgan.
Bayden matbuot anjumanida xatoga toʻxtalib, kulib yubordi va konferensiyani muvaffaqiyatli deb atadi. Bu uning ilk xatosi emas, u avvalroq, Zelenskiyni “Vladimir” deb atagan va Ukrainani qoʻllab-quvvatlash haqidagi tafsilotlarni chalkashtirib yuborgandi.
Siyosiy arboblar Baydenning xatosiga tezda munosabat bildirishdi. Devid Akselrod buni matbuot anjumanining “baxtsiz debochasi” deb atagan, Meghan Makkeyn va Charli Kirk esa Baydenning yetakchilik qobiliyatidan xavotir bildirgan.
Maʼlumot uchun, Bayden iyun oyidagi debatdan beri demokratlar va oʻz tarafdorlari tomonidan bosimga uchramoqda. Ular Baydenni prezidentlik kampaniyasini tark etishini istashmoqda. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring