Bayden Mask va uning biznesmen doʻstlaridan charchaganini aytdi

12:29 18 Iyul 2024 Dunyo
345 0

Foto: AP

AQSH prezidenti Jo Bayden milliarder Ilon Maskni tanqid qilib, uni «saylovni sotib olishga» urinishda aybladi.

«Men Ilon Mask va uning boy doʻstlari saylovlarni sotib olishga urinishidan charchadim», deb yozdi Oq uy rahbari «X» ijtimoiy tarmogʻidagi shaxsiy sahifasida.

U postga demokratlarga xayriya qilish uchun veb-saytga havolani ilova qildi. Unda Donald Tramp va Ilon Maskning surati va sobiq prezidentni «magʻlubiyatga uchratish» chaqirigʻi tasvirlangan.

Mask bir necha bor Baydenni masxara qilgan va boʻlajak prezidentlik saylovlarida respublikachi nomzodga ovoz berishini ochiq aytgan.

Joriy hafta «The Wall Street Journal» nashri oʻz manbalariga biznesmen Trampning qayta saylanish kampaniyasini qoʻllab-quvvatlash uchun yangi siyosiy qoʻmitaga oyiga 45 million dollar berishni rejalashtirgani haqida xabar tarqatdi. Oʻz navbatida Mask bu maʼlumotni «yolgʻon» dedi.

Oldinroq, AQSH prezidenti Jo Bayden koronavirus bilan kasallangani haqida xabar bergandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер