Baydarkachi Shaxriyor Mahkamov chorak finalga chiqdi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Baydarkada eshkak eshish boʻyicha yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shaxriyor Mahkamov joriy Olimpiada oʻyinlaridagi dastlabki startini yakunladi.
1000 metr masofaga baydarkada suzish boʻyicha ishtirok etgan hamyurtimiz oʻz guruhidagi saralash bosqichida 3-boʻlib marraga yetib keldi va u ham Yekaterina Shubina kabi chorak finalda oʻz omadini sinab koʻradigan boʻldi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Mahkamov Shaxriyor Yodgor oʻgʻli 1997-yil 17-fevralda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tavallud topgan. Shaxriyorning hisobida Osiyo chempionatlarining 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali mavjud. 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlarida bronza, Xanchjou-2022 da esa kumush medal bilan taqdirlangan.
Avvalroq, Yekaterina Shubina marraga eng oxirgi boʻlib kelgan, ammo yarim final uchun kurashda qolgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring