“Bahor” davlat raqs ansambli” tashkil etildi
“Milliy raqs sanʼatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–4584-son, 04.02.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Mukarama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” faoliyati tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.
Oʻzbekistonda raqs sanʼatini yana-da rivojlantirish, milliy raqs sanʼatining mumtoz va zamonaviy ijro namunalari “oltin fondi”ni yaratish davlat raqs ansamblining vazifalaridan biri hisoblanadi.
Qarorga koʻra, davlat raqs ansambli konsert-tomosha faoliyatini tegishli litsenziya olmasdan, shuningdek, Oʻzbekistonda konsert-tomosha tadbirlarini bir martalik ruxsatnoma olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.
Davlat raqs ansamblining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ijodkorlari ijtimoiy sharoitini yaxshilash maqsadida doimiy homiylik yordami koʻrsatishni nazarda tutuvchi “Doʻstlar klubi” tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring