Bahodir Jalolovning keyingi jangi qachon?
Oʻzbekistonlik taniqli bokschi Bahodir Jalolov 5-aprel kuni Qozogʻistonning Ostana shahrida boʻlib oʻtadigan yirik boks oqshomida ringga chiqishi kutilmoqda. Mazkur turnirni jahonga mashhur “Top Rank” promouterlik kompaniyasi tashkil etmoqda. Jalolov ushbu kompaniya bilan shartnomaga ega boʻlgani uchun bu xabar haqiqatga yaqin.
Qayd etish kerakki, Jalolov 7-fevral kuni Kanadada fransiyalik Devid Spilmontga qarshi jang oʻtkazishi kerak edi. Ammo tashkilotchilar bokschining yuzida paydo boʻlgan husnbuzar sababli uning jangini bekor qilishgandi. Shundan soʻng, Jalolov va Spilmont tez orada yangi jang oʻtkazishga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishgan. Bahodirning jamoasi fransuz bokschisini Toshkentda ringga chiqishga taklif qilgan edi, ammo muzokaralar qanday yakun topgani hozircha nomaʼlum.
Hozircha Jalolovning Ostanadagi raqibi kim boʻlishi haqida rasmiy maʼlumot yoʻq. Ammo “Barыs Arena”da oʻtkaziladigan ushbu turnirning markaziy jangi Janibek Alimxanuli va Anauel Ngamissenge oʻrtasida boʻlishi maʼlum. Qozogʻistonlik Alimxanuli IBF va WBO versiyalari boʻyicha oʻrta vaznda jahon chempioni hisoblanadi. Uning raqibi – kelib chiqishi kongolik, hozirda Fransiya sharafini himoya qilayotgan professional bokschi.
Shuningdek, Ostana shahridagi turnirda qozogʻistonlik aka-uka Mahmud va Torexan Sabirxonlar professional boksdagi debyut janglarini oʻtkazishadi. Ushbu musobaqa Qozogʻiston boksining yirik voqealaridan biri boʻlishi kutilmoqda. Jalolovning ishtirok etishi esa mazkur boks kechasiga yanada qiziqish uygʻotadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring