Bahodir Jalolovdan Alisher Yusupovgacha: yurtdoshlarimizning “Parij-2024” yozgi Olimpiadasida kun tavqimi qanday?
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Bugundan “Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlari doirasida yengil atletikachilarimiz bahslarga kirishishadi. Kun davomida 4 sport turida 9 nafar atletimiz ishtirok etishadi.
Olimpiadaning yettinchi kuni ham dzyudo bahslari bilan boshlanadi. Ushbu sport turidagi soʻnggi kurashchimiz Alisher Yusupov soat 13:00 dan keyin tatamiga chiqishi rejalashtirilgan. Sportchimiz +100 kg vazn toifasida ishtirok etadi.
Bugundan yengil atletikachilarimiz ham oʻz yurishlarini boshlaydi. Safina Saʼdullayeva balandlikka sakrash bahslariga soat 13:15dan qoʻshilsa, oradan 6 soat oʻtib, Sharifa Davronova uch hatlab sakrash boʻyicha oʻz ishtirokini boshlab oladi.
Kamondan otish boʻyicha esa mikst, yaʼni juftlikdagi bahslar boshlanadi. 14:25 dan keyin Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorovalar juftlikda oʻz kuchini sinab koʻrishadi.
Boks bahslari esa bugun juda qizgʻin oʻtishi kutilmoqda. Ayollar oʻrtasida -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sitora Boboqulova 18:30 da ringga koʻtarilsa, 20:30 da chempionlikka asosiy daʼvogarlardan Bahodir Jalolov raqibini sinovdan oʻtkazadi.
Toshkent vaqti bilan 3-avgustning ilk soatida yana ikki bokschimiz ringga chiqadi. Bular -51 kg vaznda Hasanboy Doʻsmatov va -80 kg vaznda Toʻrabek Habibullayevlardir.
“Xalq soʻzi” sportchilarimizga omad va muvaffaqiyat tilaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring