Bahodir Jalolov Olimpiada medalini kafolatladi. Hakamlar qanday baho qoʻyishdi?

21:27 02 Avgust 2024 Sport
773 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Bahodir Jalolov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.

+92 kg vazn toifasida ringga chiqqan bokschimiz “Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi jangida ham katta ustunlik bilan gʻalabaga erisha oldi.

Jalolov chorak final bahsida avstraliyalik Teremoana Juniorga qarshi chiqdi. Qiziqarli kechgan bahsning birinchi raundda 4:1, ikkinchi raundda 3:2 va uchinchi raundda 5:0 hisobi qayd etildi va Bahodir keyingi bosqichga yoʻl oldi.

7-avgust kuni Bahodir germaniyalik Nelviye Tiafakka qarshi final yoʻllanmasi uchun jang qiladi.

Avvalroq, Alisher Yusupov bronza medal sohibi boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер