BAAda oʻtishi rejalashtirilgan “Al Ain Cup” turniri start oldi

10:17 14 Noyabr 2025 Sport
1008 0

Kecha, 13-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari hududida oʻtishi rejalashtirilgan “Al Ain Cup” turniri start oldi.

Dastlabki oʻyinda Eron terma jamoasi oʻz tarixida birinchi marta Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan Kabo-Verde termasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobidagi durrang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa “forslar“ 5:4 hisobida gʻalaba qozondi. Afrika vakili safida faqatgina “Ludogores” aʼzosi Deroy Duarte zarbada adashdi.

Shu tariqa Eron terma jamoasi musobaqaning dastlabki finalchisiga aylandi. Kabo-Verde terma jamoasi esa endi uchinchi oʻrin uchun oʻyinda ishtirok etadi.

Maʼlumot uchun, ushbu jamoalarning raqiblari bugun boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston — Misr uchrashuvidan keyin maʼlum boʻladi.

Eron — Kabo-Verde 0:0

Penaltilar seriyasi — 5:4.

13-noyabr, Al Ayn. “Hazza bin Zayd”

Eron: Beyranvand, Aliyari, Xalilzoda, Neʼmati (Muhammadi, 71), Ismoilifar (Hardani, 55), Izzatullohiy, Gorbani (Nurafkon, 55), Hussaynzoda (Hoshiminajod, 55), Mohabbi, Quddus (Alipur, 80), Taremi.

Kabo-Verde: Vozinya, Lenini, Stopira, Semedu, Borjes, Monteyru (Arkanjo, 60), Pina, Mendesh (Rodriges, 60), Duarte, Kabral (Paulo, 80), Livramento (da Krus, 60).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер