BAAda ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkazilmoqda

18:48 21 Yanvar 2023 Sport
755 0

Shu kunlarda BAAning Abu-Dabi shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSIO5* President of the UAE Showjumping Cup GRAND PRIX musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. 

Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdurahmon Abdullayev yurtimiz sharafini himoya qilyapti.

Jahon elitasidagi nomdor chavandozlar bilan kechayotgan raqobatda hamyurtimiz katta tajriba toʻpladi. Abdullayev 15 mamlakatdan tashrif buyurgan 31 sportchi orasida balandligi 145 sm.dan iborat toʻsiqlardan sakrash dasturida toʻqqizinchi, 160 sm.li toʻsiqlardan sakrash yoʻnalishida esa sakkizinchi natijani koʻrsatdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?