Aziza Yoqubova kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida sovrindor boʻlgan oʻzbekistonlik birinchi ayol bokschi boʻldi
Foto: IBA matbuot xizmati
Turkiyada boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha xotin-qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida sovrinli oʻrinlar uchun bahslar boshlandi. Bugun musobaqaning yarim final janglari oʻtkazilmoqda. Ushbu bosqichga ikki vakilаmiz Aziza Yoqubova ( -50 kg.) hamda Mohira Abdullayeva ( -81 kg.) yetib kelgan edi.
Aziza yarim finalda kolumbiyalik Lorena Valensiyaga qarshi jang qildi. Afsuski, tengma-teng kurashlarga boy oʻtgan bahsda vakilimiz 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. Shu tariqa, bokschimiz jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritadigan boʻldi. Eʼtiborli jihati, Aziza Yoqubova xotin-qizlar oʻrtasida kattalar ishtirokidagi jahon chempionatida medal qoʻlga kiritgan birinchi bokschi boʻldi.
Bugun Mohira Abdullayeva ham oʻzining yarim final jangini oʻtkazadi. U finalga chiqish uchun Marokash vakili Xaija Mardiga bahs olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring