Aziz Abduhakimov Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Aziz Abdukaxarovich Abduhakimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Aziz Abduhakimov, shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri lavozimidan ozod etildi. U 2023-yildan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli Farmoni bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarilib, uning negizida amaldagi shtat birliklari saqlangan holda, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tashkil etilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring