Ajdodlarimizga munosib voris boʻlaylik!
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar boʻlinmasi, shahar Xalq taʼlimi boʻlimi, shahar madaniyat boʻlimi, Mahalla xayriya jamoat fondi Nurafshon shahar boʻlinmasi hamda shahar hokimligi Bolalarni himoya qilish shuʼba mudiri A.Jonqobilov hamkorligida 57-umumtaʼlim maktabida Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligiga bagʻishlab “Ajdodlarimizga munosib voris boʻlaylik!” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar boʻlinmasi rahbari O. Zokirov ochib berdi. Respublika Maʼnaviyat targʻibotchisi, tarix fanlari nomzodi, dotsent S. Sulaymonova tomonidan tadbir ishtirokchilariga ulugʻ shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti hamda ijodi haqida maʼlumot berdi.
Tadbir davomida maktab oʻqituvchilarining tadbir ishtirokchilari uchun tayyorlagan chiqishlari namoyish etildi. Unda sheʼr oʻqish va Bobur hayotidagi sahnalar ifoda etildi.
Shuningdek, tadbirda maktab kutubxonasiga Mahalla xayriya jamoat fondi Nurafshon shahar boʻlinmasi tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring