“Ayollar oʻrtasida samarqandlik ilk grossmeyster boʻlmoqchiman”
2002-yilda Samarqand shahrida tugʻilganman. 7 yoshimdan shaxmat bilan shugʻullanaman. Ota-onam matematika fani oʻqituvchisi boʻlgani uchun uyda koʻp shaxmat oʻynardi. Men ularni kuzatib, shaxmatni oʻrganganman. Otam qiziqishimni koʻrib, shaxmat toʻgaragiga qoʻydi. Ilk murabbiyim Viktor Ismailovdan shaxmat sirlarini oʻrganganman.
2022-yilda Oʻzbekiston ayollar terma jamoasiga qabul qilinganman. Hozirda xalqaro toifadagi grossmeyster Tohir Vohidov murabbiyligida nufuzli musobaqalarda ishtirok etyapman. 2022-yilda Qirgʻizistonda oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Gʻarbiy Osiyo shaxmat chempionati 2022” Osiyo chempionatida 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasida oltin medalni qoʻlga kiritdim. Ispaniyaning Sardegna shahrida oʻtkazilgan “Fide World Junior Chess Championship 2022” chempionatida, 2023-yil Qirgʻizistonda oʻtkazilgan “Issyk-Kul Open 2023” xalqaro shaxmat musobaqasida birinchi oʻrinni egalladim. 2022-yilda erishgan yutuqlarim eʼtirof etilib, “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim.
2024-yil ham men uchun esda qolarli yil boʻldi. Joriy yilda Rossiyaning Kazan shahrida oʻtkazilgan “BRIKS” jahon hamjihatlik olimpiada bahslarida blis va rapid yoʻnalishlarida uchinchi oʻringa sazovor boʻldim. Shuningdek, shu yili Budapesht shahrida oʻtkazilgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi jamoaviy ishtirokimiz ham yaxshi oʻtdi. 180 dan ziyod davlat shaxmatchilari ishtirok etgan olimpiadada 12-oʻrinni qoʻlga kiritdik. Oʻzimizdan ancha kuchli boʻlgan jamoalarga qarshi raqobat olib bordik. Men olti oʻyinda 2,5 ochko toʻpladim. Tan olish kerak, raqiblarimiz bizdan ancha kuchli edi. Shunga qaramay yaxshi oʻyin koʻrsatdik.
Ayni paytda Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti magistraturasi birinchi bosqich talabasiman.
2026-yilda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Samarqandda oʻtkaziladi. Musobaqaga tayyorgarlikni boshlaganmiz. Hozirda murabbiyim bilan kamchiliklarim ustida, koʻproq yangi debyutlar, yangi taktikalar, oʻyin vaqtidagi rejalar ustida ishlayapmiz. Samarqanddan xotin-qizlar oʻrtasida grossmeyster chiqmagan. Lekin ayol masterlar bor. Men ham hozirda WIM (Woman International Master) shaxmat boʻyicha xalqaro ayollar masteriman. Bitta xalqaro ayollar grossmeysteri normasi bor. Yana ikkita shunday normani qoʻlga kiritsam, ayollar grossmeysteri boʻlaman. Kelajakda grossmeysterlikka erishib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish maqsadim bor.
Marjona Malikova,
Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi,
Shaxmat boʻyicha Osiyo chempioni.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring