Avtomobilsozlikdagi ishonchli poydevor
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida qishloq xoʻjaligi va yengil sanoat bilan bir qatorda mashinasozlik sohasi ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Ayni paytda ushbu yoʻnalishda oʻnlab korxonalar faoliyat olib bormoqda. Ularning har biri soha taraqqiyotiga hissa qoʻshyapti. Xususan, Andijon tumanidagi “Kwangjin autosystems” masʼuliyati cheklangan jamiyatida avtomobillar uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqarilmoqda.
— Janubiy Koreyalik sanoatchilar bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonamizda avtomobillar uchun oyna koʻtargichlar ishlab chiqariladi, — deydi ishchi Sanjar Ahmedov. — Buning uchun eng zamonaviy texnik vositalardan, ishlab chiqarish dastgohlaridan foydalanamiz.
150 nafar fuqarolarning doimiy bandligi taʼminlangan ushbu korxonaning loyiha qiymati 3 mln. dollarni tashkil etadi. Bu yerda bir yilda 200 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring