Avstriyaning Gras shahridagi maktabda otishma sodir boʻldi. Qurbonlar bor
Foto: AFP
Avstriyaning Gras shahridagi maktabda otishma yuz berdi. Bu haqda “Kronen Zeitung” gazetasi xabar tarqatdi. Manbaga koʻra, kamida toʻqqiz kishi halok boʻlgan, ular orasida otishma sodir etgan shaxs ham bor.
Hujumchi ikki sinfxonada oʻt ochgan, natijada yetti nafar oʻquvchi va bir oʻqituvchi halok boʻlgan. Ogʻir yaralanganlar soni oʻnlab. Otishma sodir etgani taxmin qilinayotgan shaxsning jasadi hojatxonalardan birida topilgan.
Shtiriya federal shtati politsiyasi maktabda oʻq uzilgani haqidagi xabarlar tufayli shaharda maxsus operatsiya oʻtkazilayotganini tasdiqladi. Voqea joyida politsiya va “Kobra” maxsus kuchlari ishlamoqda.
Xavfsizlik kuchlari maktab binosida tintuv oʻtkazmoqda va allaqachon bir nechta jasadlarni, jumladan, jinoyatchini ham topgan. Ichki ishlar vazirligi uni oʻz joniga qasd qilgan boʻlishi mumkin, deb hisoblamoqda. Otishma sodir etgani taxmin qilingan shaxsning oʻlimini shahar meri Elke Kahr ham tasdiqlagan.
OAV xabarlariga koʻra, gumonlanuvchi ushbu maktab oʻquvchisi boʻlgan va oʻzini haqorat qilishgani bu ishni qilgan. Uning yolgʻiz harakat qilgani hozircha nomaʼlum.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring