Atrof-muhitga taʼsiri boʻlgan qonun hujjatlari har yili majburiy monitoringdan oʻtkaziladi
“Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish uslubiyoti” Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Unga koʻra, fuqarolarning huquqlari va tadbirkorlik faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi qonun hujjatlari kuchga kirgandan soʻng besh yil davomida, qonunosti hujjatlari esa uch yil davomida har yili monitoringdan oʻtkazilishi kerak.
Monitoring normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi oʻtkazilishiga bevosita masʼul etib belgilangan davlat organi tomonidan, masʼul organ belgilanmagan hollarda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Monitoringning asosiy vazifasi hujjatlarning ijrosi natijalarini tahlil qilish va ularning samaradorligini baholashdir. Baholash mezonlari resurs, amaliyot hamda natijadorlik koʻrsatkichlariga asoslanadi. Har yili 1-fevralgacha monitoring natijalari rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilinishi va “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Adliya vazirligiga taqdim etilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring