“Atletiko Madrid” oʻz maydonida ishonchli gʻalabaga erishdi

12:48 22 Fevral 2026 Sport
1103 0

Kecha, 21-fevral kuni Ispaniya La Ligasining 25-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Tur doirasidagi uchrashuvda “Atletiko Madrid” oʻz maydonida “Espanyol” klubini qabul qildi.

Uchrashuv 4:2 hisobida mezbonlar gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga gʻoliblar safida Aleksandr Syorlot (2 ta), Ademola Lukman va Xuliano Simeone mualliflik qildi. “Espanyol”ning javob gollariga esa Jofre Karreras va Edu Esposito mualliflik qildi.

Shu tariqa oʻyin “Atletiko Madrid”ning ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi. Taʼkidlash joizki, “matraschilar” La Ligadagi soʻnggi uchta oʻyinda gʻalaba qozona olmayotgan edi.

Ushbu natija jamoani yana uchinchi oʻrin uchun kurashga qaytardi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер