Asr oʻrtasiga borib Yer shari aholisining 50 foizi uzoqni koʻra olmay qolishi mumkin
Illyustrativ foto
Miloddan avvalgi taxminan 350-yillardayoq yunon faylasufi Aristotel taʼriflagan miopiya (uzoqni koʻra olmaslik) xastaligi yaqin atrofdagi narsalarni koʻrish imkonini bersa-da, uzoqdagi obyektlar xira koʻrinishiga olib keladi.
Bugungi kunda uzoqni yaxshi koʻrolmaslikning tarqalishi tobora ortib bormoqda, 25-yildan keyin Yer shari aholisining 50 foizi faqat yaqinni koʻradigan boʻlib qolishi mumkin. Tadqiqotlar buni genetik omillar va odamlarning qoʻl telefoni va kompyuter ekranlari qarshisida koʻproq vaqt oʻtkazishi bilan bogʻlamoqda.
Oʻtmishda uzoqni koʻrolmaslik odamlarga kamroq taʼsir qilgan, yaqinni yaxshi koʻradigan kishilar yuqori aniqlikni talab qiladigan hunarmandchilik kasblarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi mumkin.
Uzoqni koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun birinchi linzalar XV asrda paydo boʻlgan. Masalan, XVI asr boshidagi portretlardan birida papa Lev X qoʻlda botiq linza bilan tasvirlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring