Aslida boʻlmagan zarar uchun pul undirmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Tadbirkorning 15 million soʻm miqdoridagi pulini yolgʻon ishlatib qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda “B.S.T.” AJ abonentlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari A.R. YTT A.X.ga tegishli binoda ichimlik suvidan foydalanishning qonuniyligi boʻyicha oʻrganish oʻtkazib, ish boshqaruvchi O.Z.ga bu haqda tuzilgan dalolatnoma boʻyicha 15 million soʻm zarar hisoblanishini aytgan va firibgarlik yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan. Ushbu shaxs O.Z.dan 14,9 million soʻm miqdorida pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring