Askarlar Oʻzbekiston tarixi va “Temur tuzuklari” fanidan sinov topshiradi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati habar bermoqda.
Askarlar, harbiy xizmatchilar mamlakatimizning shonli tarixini, ona zaminimizda yashab oʻtgan buyuk qahramonlar, sarkarda va qoʻmondonlar hayoti va jasoratini chuqur bilishi, ular bilan gʻururlanishi kerakligini taʼkidladi.
– Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, xolisona aytaylik, ulugʻ Sohibqironning “Tuzuklar”ini qancha askar oʻqigan, – deya savol qoʻydi Shavkat Mirziyoyev. – Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning gʻalabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi koʻplab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham oʻrganishadi.
Davlatimiz rahbari askarlar harbiy qasamyod qilishdan oldin albatta Oʻzbekiston tarixi va “Temur tuzuklari” fanidan sinov topshirishi kerakligini taʼkidladi. Ilgʻor harbiy qismlarga ulugʻ sarkardalarimizning nomini berish, mohir lashkarboshi bobolarimiz haqida ilmiy tadqiqotlar, badiiy kitoblar, kinolar yaratishga koʻrsatma berdi.
Mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligini ishonchli taʼminlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan harbiy taʼlim masalasiga birinchi darajali eʼtibor qaratish, maktablardagi harbiy darslarga shu hududda xizmat qilayotgan, yuksak insoniy va kasbiy xususiyatlarga ega jangovar ofitserlarni jalb etish, oʻquvchilarni harbiy qismlarga olib borib, xizmat jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring