Asalarilar arab yozuvi shaklini hosil qilishdi
Foto: "Xalq so'zi"
“Xalq soʻzi Online”. Saminjon Husanov/Andijon. Asalari mavjudligining oʻzi katta moʻjiza. Biroq ular tomonidan ham moʻjiza yaratilishi mumkin ekan. Jalaquduq tumanining Diydor koʻchasida istiqomat qiluvchi Javohir Nasriddinov xonadonida shunday hodisa roʻy berdi. Uning qaramogʻidagi asalarilar arab yozuvi shaklini hosil etdilar.
“15 yoshimdan buyon asalarichilik bilan shugʻullanaman. Hozirda 6 ta oilani parvarishlayapman. Bundan besh kun avval ular tomonidan yaratilgan shaklni koʻrib, darhol suratga oldim. Qoʻrgʻontepa tuman masjidiga borib, imom bilan uchrashdim va suratni koʻrsatdim. Masjid vakillari bu arabcha yozuv ekanligini tasdiqlashdi”,-deydi 20 yoshli asalarichi Javohir Nasriddinov.
Javohir yosh boʻlishiga qaramay, asalarichilikning hadisini olgan. Toʻgʻri, undagi mavjud asalari oilasi hali kam. Shunday boʻlsada, har yili 200 kg.asal oladi. Xonadonida roʻy bergan voqea uning kayfiyatini yanada koʻtarib, yangi rejalar tuzishga turtki boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring