Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayevdan Rustam Assakalovgacha: Olimpiadaning 12-kunida qaysi sportchilarimiz maydonga chiqishi maʼlum
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Bugundan “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida 4 nafar sportchimiz 3 ta sport turi boʻyicha kurashga qoʻshiladi.
Yunon-rum kurashchilari Aram Vardanyan va Rustam Assakalov -77 va -97 kg vazn toifasida soat 14:30 dan boshlab maydonga chiqadi.
Ayollar kurashidagi vakilamiz Aktenge Keunimjayeva ham ayni yunon-rum kurashchilarimiz kabi vaqtda maydonga chiqishi rejalashtirilgan. Aktenge -50 kg vazn toifasida qatnashadi.
Kechki dasturlardan oʻrin olgan Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayevning janggi esa bizga eng kamida bronzani taqdim etadi. Sportchimiz AQSHlik Omari Jones bilan ringga koʻtariladi.
Avvalroq, Safina Saʼdullayeva bronza medalidan qoʻshimcha koʻrsatgichlar evaziga quruq qolgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring