“Arsenal”ning gʻalabali seriyasi yakunlandi
Kecha, 12-fevral kuni Angliya Premyer ligasining 26-turidan oʻrin olgan soʻnggi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda musobaqa jadvalida peshqadam boʻlib turgan “Arsenal” klubi mehmonda “Brentford” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 61-daqiqada Noni Madueke tomonidan ochildi. Oradan 10 daqiqa oʻtib, mezbonlar futbolchisi Kin Luis-Potter muvozanatni tikladi.
Shu tariqa bahs durang bilan tugadi. Taʼkidlash joizki, Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa barcha musobaqalarda 4 ta oʻyindan buyon gʻalabali seriya qayd etayotgan edi. “Brentford” ana shu seriyaga chek qoʻyishni uddaladi.
Maʼlumot uchun, “Arsenal” keyingi uchrashuvini Angliya kubogi doirasida “Vigan” jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uyin 15-fevral kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring