“Arsenal” va “Liverpul” ochko yoʻqotdi
Kecha, 8-yanvar kuni Angliya Premyer ligasining 21-turidan oʻrin olgan soʻnggi oʻyin boʻlib oʻtdi. Unda musobaqada peshqadam boʻlib turgan “Arsenal” klubi Londonda “Liverpul”ni qabul qildi.
Oʻyin davomida mehmonlar 52 foiz toʻp nazoratiga ega boʻldi. Mos ravishda “Arsenal”da bu koʻrsatkich 48 foizni tashkil etdi.
Oʻyin davomida Arne Slot shogirdlari mezbonlar darvozasi tomon 9 ta zarba yoʻlladi. Biroq bu zarbalarning birortasi ham darvoza sohasiga aniq bormadi.
“Toʻpchilar” esa oʻyin davomida 8 ta zarba yoʻllashni uddaladilar. Bu zarbalarning 4 tasi darvoza sohasiga aniq bordi.
Shu bilan birga, bahsda hisob ochilmadi va jamoalar 1 ochkodan boʻlishib oldi. 21-turdan keyin har ikki jamoa tur oldidan egallab turgan oʻz oʻrnini turnir jadvalida saqlab qoldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring