“Arsenal” autsayder bilan durang oʻynadi

10:26 19 Fevral 2026 Sport
211 0

Angliya Liga kubogi finali sabab Angliya Premyer ligasining 31-turidan oʻrin olgan “Vulverxempton” — “Arsenal” uchrashuvi 18-fevral sanasida tashkil etildi. Bahs kutilmaganda Mikel Arteta boshchiligidagi jamoaning ochko yoʻqotishi bilan yakunlandi.

Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan tugadi. Mezbonlar safida gollarga Ugo Bueno va Tom Edozi mualliflik qildi. “Arsenal”ning javob gollari esa Bukayo Saka va Pyero Inkapye hisobidan yozildi.

“Vulverxempton” – “Arsenal” 2:2

Gollar: U. Buenu (61), Edozi (90+4) — Saka (5), Inkapye (57).

“Vulverxempton“: Sa, Moskera, S. Bueno, Kreychi, Chachua (R. Gomesh, 70), Gomes (Arokodare, 22), Andre, U. Buenu, Bellgar (Edozi, 84), Mane, Armstrong.

“Arsenal“: Rayya, Timber, Saliba, Gabriel, Inkapye, Subimendi, Rays, Madueke (Eze, 65), Saka (Trossar, 73 / Kalafiori, 90+3), Martinelli, Dyokeresh (Jezus, 65).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер