“Arsenal” 60 mln yevroga yarim himoyachi xarid qildi
“Arsenal” jamoasi “Kristal Pelas” yarim himoyachisi Eberechi Ezening transferini hal etdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Insayderning yozishicha, ushbu transfer “toʻpchilar”ga 60 million yevroga tushadi. Eberechi yangi jamoasida haftasiga 175 ming funt maosh olishi aytilmoqda.
Ezega oldinroq Londonning boshqa jamoasi — “Tottenxem” qiziqish bildirgandi. Ammo “shporlar” futbolchining narxi masalasida “Kristal Pelas” bilan kelisha olishmadi.
Maʼlumot uchun, Eberechi Eze Angliya Premyer-ligasida oʻtgan mavsum “Kristal Pelas” safida 34 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring