Armanistonda muxolifat jamiyati yetakchisi oʻldirib ketildi
Arxiv foto
Armanistonda “Parakar” jamiyati rahbari, muxolifatdagi “Aprelu Yerkir” partiyasi vakili Volodya Grigoryan kecha uyida oʻldirib ketilgan. Bu haqda Armaniston ichki ishlar vazirligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Qotil voqea joyidan qochib ketgan. Grigoryandan tashqari kriminal politsiya xodimi ham halok boʻlgan, yana bir kishi yaralangan.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan jinoyatni qoralab, Ichki ishlar vazirligi uni ochishi kerakligini taʼkidlagan.
“Volodya Grigoryanning shafqatsizlarcha oʻldirilishi haqidagi xabar meni hayratda qoldirdi... Hozirgacha muxolifat faoliyati qamoq yoki mulkni musodara qilish taʼqibi xavfi bilan yashardi. Endi bunga otib oʻldirish xavfi ham qoʻshiladi. Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman”, — deydi huquq himoyachisi Ruben Melikyan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring