Armaniston Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomadagi ishtirokini muzlatib qoʻydi
Arxiv surat
Armaniston Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma (KXTSH)dagi ishtirokini muzlatib qoʻydi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan maʼlum qildi.
“Bizning fikrimizcha, Armanistonga nisbatan Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma, ayniqsa, 2021-2022-yillarda amalga oshirilmadi va bu bizning eʼtiborimiz chetida qolishi mumkin emas. Biz bu kelishuvdagi ishtirokimizni muzlatib qoʻydik. Koʻramiz, keyin nima boʻladi”, — dedi u.
Bungacha Yerevan bir necha bor KXTSH va Moskvani oʻz majburiyatlarini bajarmaganlikda ayblagan edi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 2023-yilning 23-noyabr kuni Minskda boʻlib oʻtgan KXSHT sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi.
KXTSHga oltita davlat — Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston aʼzo.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring