Arxeologlar Kleopatra tasviri tushirilgan tangalarni topdi
Misrda arxeologlar Kleopatra tasviri tushirilgan tangalar va boshida qirollik toji taqilgan ayolning oq marmar byustini topdi.
Misr-Dominikan qoʻshma arxeologik missiyasi Iskandariya gʻarbidagi Taposiris Magna ibodatxonasining janubiy devori ostidan artefaktlarni topdi. U Qadimgi Misr tarixining ellinistik davriga borib taqaladi.
Arxeologlar byustdagi ayol kim ekanligi borasida turlicha fikrda. Baʼzilar bu Kleopatraning oʻzi ekanligiga ishonishadi, boshqalari esa bu Ptolemeylar sulolasining malikalaridan biri boʻlishi mumkinligini aytmoqda.
Qayd etilishicha, qirolicha Kleopatra tasviri tushirilgan 337 tanga, marosim sopol idishlari, moy lampalar, oziq-ovqat va kosmetika mahsulotlarini saqlash uchun ohaktosh idishlar, bronza haykalchalar va skarab koʻrinishidagi tumor ham topilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring