Aram Vardanyan Yaponiya vakiliga imkoniyatni boy berib, yarim finalga chiqa olmay qoldi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Aram Vardanyan “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
Aram Vardanyan birinchi chiqishida misrlik Mahmud Abdulrahmonni magʻlub etgan edi, ammo “kunchiqar yurt” vakili Nao Kusakaga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Endi yaponiyalik kurashchi finalga chiqsagina, Aramda bronza uchun kurashda qoladi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Aram Simonovich Vardanyan 1995-yilda Toshkent shahri Uchtepa tumanida tugʻilgan. Aram Jahon chempionati va Osiyo chempionatlari sovrindori hisoblanadi.
Avvalroq, birinchi sport kurashchimiz Islomjon Bahromov turnirni tark etgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring