Aram Vardanyan misrlik yunon-rum kurashchisini 9:0 hisobida magʻlub etdi. Uning keyingi raqibi Yaponiyadan

14:33 06 Avgust 2024 Sport
310 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Aram Vardanyan “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini boshlab oldi.

Aram Vardanyan sport kurashidagi ikkinchi sportchimiz hisoblanadi. Yurtdoshimiz birinchi chiqishi misrlik Mahmud Abdulrahmonga qarshi kechdi.

Sportchimiz 9:0 hisobida raqibini magʻlub etdi va keyingi bosqichga yoʻl oldi. Unda yurtdoshimizga Nao Kusaka raqiblik qiladi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Aram Simonovich Vardanyan 1995-yilda Toshkent shahri Uchtepa tumanida tugʻilgan. Aram Jahon chempionati va Osiyo chempionatlari sovrindori hisoblanadi.

Avvalroq, birinchi sport kurashchimiz Islomjon Bahromov turnirni tark etgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер