Aralash jang sanʼati boʻyicha Oʻzbekistonning eng kuchli sportchilari aniqlandi (Foto)
Avval xabar berganimizdek, 23-25-oktyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi klubida aralash jang sanʼatlari boʻyicha professionallar oʻrtasida ilk bor mudofaa vaziri kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqaning birinchi va ikkinchi kunlari saralash va yarim final bosqichi doirasidagi janglar tashkillashtirildi. Ularda toʻqqizta vazn toifasida finalchilar nomi aniqlandi.

Qiziqarli kechgan janglar yakunida Hasan Oʻroqov (Navoiy), Jasurbek Anorboyev (Toshkent viloyati), Islombek Mahammadjonov (Toshkent shahri), Jahongir Jumayev (Buxoro), Samandar Sattorov (Mudofaa vazirligi), Shohasan Mirzamatov (Mudofaa vazirligi), Shahboz Ortiqov (Qashqadaryo), Azamat Nuftillayev (Qashqadaryo) va Jasur Mirzamuhammedov (Mudofaa vazirligi) oʻz vazn toifalarida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Oʻtkazilgan toʻqqizta bellashuv natijasiga koʻra, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni Mudofaa vazirligi jamoasi egalladi.
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlarga medallar, diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring