Ar-Riyodda Osiyo Paralimpiya qoʻmitasining 32-Ijroiya kengashi yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti - Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boshlangan Osiyo Paralimpiya qoʻmitasining (APC) 32-Ijroiya kengashi yigʻilishida ishtirok etmoqda.
Dastlabki kun dasturiga koʻra, Ijroqoʻm aʼzolari 2021- va 2022-yillardagi moliyaviy hisobotlar, 2023-yil uchun ichki hisobot va 2024-yilgi byudjet masalalari, shuningdek tashkilotga aʼzolik badallari, strategik rejani yangilash, oʻtgan vaqt mobaynida Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi hamda Milliy paralimpiya qoʻmitalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi muhokama qildi.
Bundan tashqari, yigʻilish davomida boʻlajak Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari, Toshkent-2025 Yoshlar oʻrtasida Para Osiyo oʻyinlari hamda 2026-yilgi Aichi-Nagoya shaharlarida oʻtadigan Para Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik ishlari haqida ham soʻz bordi.
Maʼlumot oʻrnida Ar-Riyod shahri 28-noyabr sanasiga qadar quyidagi tadbirlarga mezbonlik qiladi:
23-24-noyabr - APC Ijroqoʻm yigʻilishi.
25-26-noyabr - APC konferensiyasi.
27-28-noyabr – Bosh Assambleya.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring