AQShdan deport qilinadigan Oʻzbekiston fuqarolari uchun maxsus charter reys tashkil etiladi
Foto: TIV
Oʻzbekiston migratsiya siyosati va fuqarolarni repatriatsiya qilish sohasida Qoʻshma Shtatlar bilan hamkorlikni faol ravishda kuchaytirmoqda, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov.
Bildirilishicha, erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar doirasida joriy yilning 30-aprel kuni AQSh hududida qonuniy asoslarsiz boʻlib turgan va deportatsiya qilinadigan xorijliklar roʻyxatiga kiritilgan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Nyu-York – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha maxsus charter reysi tashkil etiladi.
Mazkur repatriatsiya tashabbusi xorijda ogʻir vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston fuqarolarining huquqlarini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, xalqaro meʼyorlar, majburiyatlar va inson huquqlari doirasida amalga oshiriladi.
“Gap viza talablarini buzgan yoki AQShda qonuniy qolish muddati tugagan fuqarolar haqida bormoqda. Repatriatsiya jarayoni insonparvarlik va huquqiy tamoyillar asosida tashkil etilib, fuqarolarning munosib va xavfsiz qaytishini taʼminlaydi. Bu jarayonda xorijda boʻlgan oʻzbekistonliklarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda”, deb yozadi TIV matbuot kotibi.
Uning qoʻshimcha qilinishicha, charter reysni tashkil etish ikki davlatning konsullik va migratsiya xizmatlari bilan yaqin hamkorlikda olib borilmoqda. Barcha choralar repatriatsiya qilinayotgan fuqarolarning huquqlarini maksimal darajada hurmat qilgan holda, Oʻzbekiston va AQShning amaldagi qonunchiligiga qatʼiy rioya etgan holda koʻrilmoqda.
“Mazkur qadam Oʻzbekistonning migratsiya oqimlarini tartibga solish, xorijdagi fuqarolarining huquqiy himoyasini, ijtimoiy va huquqiy moslashuvini taʼminlash hamda ularning xavfsiz va insoniy sharoitlarda vataniga qaytishini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan keng qamrovli siyosatining bir qismidir”, deb yozadi Burhonov.
TIV vakili shuningdek, Oʻzbekiston oʻz migratsiya siyosatini rivojlantirishda davom etishi va fuqarolarini har qanday vaziyatda qoʻllab-quvvatlash va himoya qilishga intilishini alohida taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring