AQSHda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash uchun yana 10 mingdan ortiq xodim yollanadi

The Washington Postʼning yozishicha, AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish maqsadida 10 mingdan ortiq yangi xodim yollashni rejalashtirmoqda.
Hozirda ICE yangi xodimlarni joylashtirish uchun mamlakat boʻyicha 300 ga yaqin bino izlamoqda.
Xabarda aytilishicha, xizmatga allaqachon 150 mingdan ortiq ariza kelib tushgan boʻlib, ulardan 18 ming nafari dastlabki saralashdan oʻtgan. Hozirgi paytda ICE tarkibida qariyb 22 ming xodim faoliyat yuritmoqda.
Umuman olganda, ICE AQSH boʻylab 200 dan ortiq vaqtinchalik migrantlarni saqlash markazlarini boshqaradi. Iyul oyi boshida AQSH prezidenti Donald Tramp davlat xarajatlari toʻgʻrisidagi qonunni imzolagan edi. Unga koʻra, migrantlarni saqlash markazlari faoliyatini kengaytirish uchun 45 milliard dollar mablagʻ ajratilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring