AQSHda xorijlik talabalar va jurnalistlar uchun viza qoidalarini kuchaytirish taklif qilindi
AQSH Xavfsizlik departamenti xorijlik jurnalistlar, talabalar va almashinuv dasturlari orqali keluvchilar uchun viza qoidalarini oʻzgartirishni taklif etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, yangi tartib xorijliklarning vaqtinchalik turishi davomida ularning faoliyati va rejalarini nazorat qilishni osonlashtiradi, shuningdek, ular AQSH qonunlariga rioya qilayotganini baholash imkonini yaratadi.
Maʼlumot uchun, xorijlik jurnalistlar, talabalar va almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchilarga mos ravishda I, F va J toifadagi vizalar beriladi. Ushbu vizalarda aniq muddat koʻrsatilmagan boʻlib, asosan safar maqsad va shartlari saqlansa, mamlakatda qolish mumkin.
Yangi taklifga koʻra:
— xorijlik jurnalistlar AQSHda 240 kungacha ishlash huquqiga ega boʻladi, keyin muddat uzaytirilishi mumkin;
— Xitoy fuqarolari uchun esa ushbu muddat 90 kun bilan cheklanishi nazarda tutilgan;
— xorijlik talabalar va almashinuv dasturi ishtirokchilari mamlakatda oʻqish yoki dastur davomiyligi mobaynida qolishi mumkin, biroq 4 yildan ortiq emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring