AQSHda katolik maktabida otishma sodir boʻldi: halok boʻlganlar va yaralanganlar bor
Foto: ABC
Minneapolis shahrida (AQSH) katolik maktablaridan birida otishma sodir boʻldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Gubernator Tim Uolsning maʼlum qilishicha, hodisa tarbiyalanuvchilari kichik yoshdan to sakkizinchi sinfgacha tahsil oladigan maktabda yuz bergan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, kamida ikki kishi halok boʻlgan, oʻndan ortiq kishi yaralangan.
Shahar hokimiyati tajovuzkor “zararsizlantirilgani”ni bildirdi. Ayni paytda u oʻz joniga qasd qilgan boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Maʼlumotga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp ham voqeadan xabardor qilingan.
“FQB tezkor ravishda voqea joyiga yetib bordi va hodisa nazoratga olingan. Oq uy bu mudhish voqea rivojini kuzatishda davom etadi”, — dedi AQSH rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring