AQSH vitse-prezidenti: “Amerika qoʻshinlari Ukrainaga kirmaydi”

11:35 25 Avgust 2025 Dunyo
84 0

Foto: NBC

AQSH oʻz qoʻshinlarini Ukrainaga yubormaydi, biroq Vashington Kiyev xavfsizligini taʼminlashda faol rol oʻynashga tayyor. Bu haqda AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens NBC Newsʼga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Prezident bu borada juda aniq gapirdi — Ukraina hududida AQSH qoʻshinlari boʻlmaydi. Ammo biz ukrainaliklarga urushni toʻxtatishlari uchun zarur boʻlgan xavfsizlik kafolatlari va ishonchni taʼminlash yoʻlida faol rol oʻynaymiz. Shu bilan birga, rossiyaliklar ham urushni tugatishlari mumkinligini his qilishlari kerak”, — dedi u.

Avvalroq CNN xabariga koʻra, AQSH Yevropani Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berishda yetakchi rolni oʻz zimmasiga olishga chaqirgan.

Shuningdek, AQSH davlat kotibi Marko Rubio Yevropa milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchilari bilan suhbatda shunday bayonot bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер