AQSH Venesuelani kim boshqarishini tanladi
Foto: Reuters
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning eng yaqin ittifoqchilari barqarorlikni saqlash uchun mamlakatni boshqarishga eng munosib nomzod hisoblanadi. Bu haqda “The Wall Street Journal” AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi maʼlumotlariga tayanib xabar tarqatdi.
Nashrning xabar berishicha, Markaziy razvedka boshqarmasi hisoboti AQSH prezidenti Donald Trampga va Venesueladagi harbiy operatsiyadan bir necha hafta oldin tanlangan maʼmuriyat amaldorlari guruhiga taqdim etilgan.
Hujjatda asosan Maduro oʻz mavqeini qanday yoʻqotishi mumkinligi muhokama qilingan, ammo mamlakatdagi umumiy vaziyat ham koʻrib chiqilgan. Keyin tahlilchilar 2024-yilgi saylovlarning amalda gʻolibi deb hisoblangan muxolifat yetakchisi Edmundo Gonsales va Nobel mukofoti sovrindori Mariya Korina Machado mamlakatni boshqara olmasligi va xavfsizlik kuchlarini nazorat qila olmasligi haqida xulosaga kelishdi.
“The Wall Street Journal”ga koʻra, ushbu tahlil Trampning harbiy operatsiyadan soʻng 6-yanvarda Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti sifatida qasamyod qilgan vitse-prezident Delsi Rodrigesni Machado oʻrniga qoʻllab-quvvatlashiga sabab boʻlgan. Hujjatda yana ikkita yuqori lavozimli amaldor ham tilga olingan. Nashrning yozishicha, bu ichki ishlar vaziri Diosdado Kabello va mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes boʻlishi mumkin.
Shu yilning 3-yanvar kuni Qoʻshma Shtatlar Venesuelada keng koʻlamli operatsiya boshladi, natijada prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores hibsga olindi va ular Nyu-Yorkka olib kelindi.
Donald Tramp Maduro va Flores “narkoterrorizm” va Qoʻshma Shtatlarga tahdid qilish ayblovlari bilan sud qilinishini eʼlon qildi. Nyu-Yorkdagi sud majlisida Maduro va uning rafiqasi barcha ayblovlarni rad etdi va oʻzlarining aybsiz ekanliklarini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring