AQSh Venesuela qirgʻoqlariga 16 ming harbiy joylashtirdi
AQSh Venesuela qirgʻoqlariga taxminan 16 ming nafar harbiy xizmatchini joylashtirdi, deb xabar bermoqda “The Washington Post”.
Manbaga koʻra, mazkur kuch tarkibida 10 ming askar va 6 ming dengizchi bor. Ular 8 ta harbiy kema, maxsus operatsiyalar kemasi hamda Karib dengizida joylashgan atom suvosti kemasi orqali harakatlanmoqda.
Yaqin kunlarda ushbu kuchlarga “USS Gerald R. Ford” aviatashuvchisi ham qoʻshilishi kutilmoqda. U bilan birga yana uchta eskort kema va 4 mingdan ortiq harbiy kelishi mumkin. Tahlilchilar bu harakatni keng koʻlamli harbiy operatsiyaga tayyorgarlik sifatida baholamoqda.
Bu harbiy harakatlar Vashington va Karakas oʻrtasidagi tortishuvlar kuchaygan bir paytda sodir boʻlmoqda. AQSh Venesuelani “narkoterrorist” guruhlarga yordam berishda ayblagan boʻlsa, prezident Nikolas Maduro bu ayblovlarni rad etib, “yangi urush uchun bahona yaratish harakati” deb atagan.
Sputnik tasvirlariga koʻra, F-35 harbiy samolyotlari AQShning Puerto-Rikodagi harbiy bazasida joylashtirilgan. Tahlilchilarning fikriga koʻra, bu kuchlar odatiy narkotiklarga qarshi operatsiyalardan koʻra kengroq missiya uchun tayyorlanmoqda.
Ayni paytda Oq uyning Venesueladagi ehtimoliy harbiy obyektlarni aniqlayotgani haqida ham xabarlar bor. Prezident Donald Tramp bu daʼvolarni rad etgan boʻlsa-da, u CIAʼning maxfiy operatsiyalariga ruxsat berganini tasdiqlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring