AQSH va Buyuk Britaniya Yamanga yangi zarbalar berdi
Foto: US Central Command
AQSH va Buyuk Britaniya Yaman gʻarbidagi Hodeyda harbiy-dengiz bazasiga zarba berdi.
Shu yilning 12-yanvarga oʻtar kechasi AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi “Ansor Alloh” (husiylar) harakatining 16 ta nishoniga 60 dan ortiq zarba bergandi. Buning oqibatida bir qancha yirik shaharlarda, shuningdek Sana aeroportida portlashlar yuz berdi. Amerika harbiylari “Tomahawk” qanotli raketalari bilan, inglizlar esa “Paveway IV” tomonidan boshqariladigan bombalar bilan hujumlar qilgani haqida xabar berishdi.
13-yanvar kuni Amerika qoʻshinlari Yamandagi “Ansor Alloh” harakati harbiy qoʻmondonligiga boʻysunuvchi radar stansiyasiga hujum qilgani maʼlum boʻldi.
Husiylar qurolli kuchlari vakili Yahyo Sariyaning aytishicha, AQSH va Buyuk Britaniya poytaxt Sana hamda Hodeyda, Taiz, Hajja va Saada viloyatlariga 73-marta zarba bergan. Hujum oqibatida besh nafar harakat jangchisi halok boʻldi, yana olti nafari yaralangan.
Husiylar AQSH va Buyuk Britaniya harbiy bazalari va inshootlariga javob zarbalari berganliklarini aytishdi hamda raketa hujumi natijasida Qizil dengizda AQSH harbiy kemasini choʻktirishga muvaffaq boʻlganliklarini daʼvo qilishdi.
Shu bilan birga, “Ansor Alloh” harakati Siyosiy byurosi aʼzosi Xuzam al-Assadning qoʻshimcha qilishicha, husiylar London va Vashingtonning harakatlariga javob berishadi va ular “oʻz tajovuzkorligidan pushaymon boʻladi”.
“Ansor Alloh” (husiylar) harakati siyosiy byurosi aʼzosi Muhammad Ali al-Buhaytining aytishicha, AQSH va Buyuk Britaniyaning Yamandagi nishonlarga bergan zarbalaridan soʻng husiylarning raketa arsenali va boshqa qurollari zarar koʻrmagan.
“AQSH nishonlari nima boʻlgani haqida maʼlumotga ega emasman, ammo raketalar va qurollarimizga hech qanday zarar yetkazilmagan. Men buni ularni yoʻq qilish qiyin boʻlgan yaxshi himoyalangan joylarda joylashgani bilan bogʻlayman”, — dedi Buhayti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring