AQSH Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarisiz yangi shartnoma taklif qildi — “Financial Times”

Foto: Reuters
https://www.ft.com/content/896da2e5-daa5-4b4e-a51c-0aef4de95d36
AQSH Ukrainaga nodir meneral resurslarni qazib olish boʻyicha yangi shartnoma taklif qildi, u shartlar jihatidan ancha qattiqroq va xavfsizlik kafolatlarini oʻz ichiga olmaydi. Bu haqda “Financial Times” gazetasi manbalarga tayanib yozmoqda.
“AQSH Ukrainaning muhim mineral va energetika aktivlarini nazorat qilish boʻyicha yangi yirik kelishuvga intilmoqda, buning evaziga Kiyevga hech qanday xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmasdan, oʻzining oldingi talablarini agressiv ravishda kengaytirmoqda”, — deyiladi nashrda.
Qayd etilishicha, bu yerda gap AQSH tomonidan gaz, neft sotib olish, shuningdek, mamlakatning asosiy energetika obyektlarini nazorat qilish haqida ketmoqda. Ilgari faqat nodir meneral resurslarini nazorat qilish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, “Reuters” manbalarga tayanib, resurs qazib olishdan tushgan mablagʻlarni boshqarish uchun maxsus jamgʻarma tashkil etilishini xabar qilmoqda. AQSH rejasiga koʻra, u uch amerikalik va ikki ukrainalikdan iborat boʻladi va bu Vashingtonga muhim qarorlarni qabul qilishda ustunlik beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring