AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi

17:36 16 Aprel 2025 Dunyo
349 0

Foto: AP

AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda “Sky News Arabia” telekanali xabar berdi.

Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.

2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uchta forpost tashkil etilgan. Ular Dayr az-Zor, Raqqa, Halab va Xasaka viloyatlarida, shuningdek, Iroq va Iordaniya bilan chegaradosh At-Tanf mintaqasida joylashgan. Ularda 2200 nafar amerikalik askar mavjud.

Avvalroq, Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH qoʻshinlarini Suriyadan olib chiqish masalasini koʻrib chiqayotganini maʼlum qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер