AQSH sudi Trampning farmonlaridan birini bloklab qoʻydi
Federal sudya Jon Kofenur Donald Tramp maʼmuriyatining Qoʻshma Shtatlarda tugʻilgan bolalarga avtomatik fuqarolik berishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi farmoyishini vaqtincha cheklab qoʻydi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bergan.
Tramp mazkur farmonni prezidentlik lavozimiga qaytgan birinchi kunida imzolagan edi. Farmonga koʻra, agar chaqaloqning ota-onasi AQSH fuqarosi yoki qonuniy rezidenti boʻlmasa u fuqarolik maqomidan mahrum etiladi.
Sud jarayonida sudya Kofenur bu farmoyishni Konstitutsiyaning 14-oʻzgartirishiga zid deb topdi va 14 kun davomida amalga oshirilishini blokladi. Mazkur oʻzgartirish Qoʻshma Shtatlar hududida tugʻilgan har bir kishining avtomatik fuqarolikka ega boʻlishini kafolatlaydi. Bu tartib bekor qilinsa, har yili 150 mingdan ortiq yangi tugʻilgan chaqaloq Amerika pasportidan mahrum boʻlishi mumkin.
Sudda Tramp siyosatiga qarshi chiqayotgan Vashington shtati bosh prokurori Nik Braun, “Agar siz Amerika zaminida tugʻilgan boʻlsangiz, siz Amerika fuqarosisiz. Prezident bu haqiqatni oʻzgartira olmaydi,” deya taʼkidladi.
Farmon AQSH Adliya departamenti tomonidan himoya qilinmoqda. Departament ushbu cheklov ustidan apellyatsiya kiritishini bildirgan. Bu yangi prezidentning immigratsiya siyosati boʻyicha birinchi katta huquqiy toʻsiq boʻldi va masala endi uzoq muddatli sud muhokamasiga olib chiqilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring